» » Yevropa Chempionlar Ligasi 7-avgustda qaytadan boshlanadi. Har uch kunda bitta o‘yin o‘tkaziladi

Yevropa Chempionlar Ligasi 7-avgustda qaytadan boshlanadi. Har uch kunda bitta o‘yin o‘tkaziladi


Koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlari qayta boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi.

Sky Sport Italia nashrining xabar qilishicha, Yevropa Ligasi bahslarini 2-3-avgust kunlari qayta boshlash rejalashtirilmoqda. Chempionlar Ligasi esa 7 va 8-avgust kunidan boshlab davom etadi. Shuningdek, har uch kunda bitta o‘yin o‘tkaziladi.

Avvalroq UEFA Chempionlar Ligasi finalini 29-avgustda o‘tkazish niyatida ekani xabar qilingandi.

Ayni paytga kelib koronavirusning keng tarqalishi sabab dunyodagi barcha sport musobaqalari bekor qilinmoqda yoki qoldirilyapti. O‘tgan yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida boshlangan infeksiya hozirga kelib 2,3 milliondan ziyod kishida aniqlandi. 160 mingdan oshiq o‘lim holati qayd etilgan, shu bilan birga 610 ming nafarga yaqin odam virusni yengib o‘tgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют