» » APLda chempionlik uchun kurash davom etadi. Mourinyo sobiq jamoasi “Chelsi”dan revansh oldi

APLda chempionlik uchun kurash davom etadi. Mourinyo sobiq jamoasi “Chelsi”dan revansh oldi


Angliya Premyer-ligasining 33-turidan joy olgan yana ikki uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Shanba oqshomida esa 7 ta o‘yin bo‘lib o‘tgandi.

“Liverpul” klubi turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib olishi uchun “Vest Bromvich” maydonida zafar quchishi kerak edi. Roberto Firmino tomonidan kiritilgan yagona gol buning uchun yetarli bo‘ldi va “mersisayd” klubi “Siti”dan yana o‘zib ketdi.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” 2008/09-yilgi mavsumdan buyon “Vest Bromvich”ni mavsumdagi har ikki o‘yinda ham mag‘lub eta olmayotgandi. Oradan 8 yil o‘tib Yurgen Klopp shunga muvaffaq bo‘la oldi. Tomonlarning “Enfild”dagi o‘yini 2:1 hisobida o‘z yakuniga yetgandi.

Turning markaziy o‘yinida Joze Mourinyo shogirdlarini o‘zining sobiq jamoasi “Chelsi”ga qarshi boshlab chiqdi. Tomonlarning Londonda o‘tgan o‘yini “aristokratlar”ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi. “Old Trafford”da esa “Yunayted” chempionlik sari odimlayotgan klubni to‘xtatishga erishdi.

Avvalroq “Tottenhem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino intervyu berib, agar mazkur bellashuvda “Chelsi” g‘olib chiqsa, chempionlik uchun kurash tugashini taxmin qilgandi. Endi “Chelsi” va “Tottenhem” klublari orasidagi farq mavsum yakuniga 5 ta tur qolganida 4 ochkoni tashkil qilmoqda. Demak, chempionlik uchun raqobat davom etadi.

Angliya Premyer-ligasi
33-tur bellashuvlari
16-aprel, yakshanba

Gol: Roberto Firmino, 45+1 (0:1).

Gollar: Markus Reshford, 7 (1:0). Ander Errera, 49 (2:0).

Опубликовано: admin (16-04-2017, 22:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют