» » AQShda koronavirusga chalinganlar soni 735 ming kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirusga chalinganlar soni 735 ming kishidan oshib ketdi


AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 34 mingga ortib, jami kasallar soni 735 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 12:30 holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 735 287 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda COVID-19 qurbonlari soni bir sutkada 1800 kishiga ortib, 39 090 kishiga yetgan.

15—16-aprel kunlari mamlakatda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilangan edi — bir sutkada qariyb 4,6 ming bemor vafot etgan.

Avvalroq Tramp AQShda koronavirus qurbonlari qanchaga yetishi mumkinligi to‘g‘risidagi prognoziga o‘zgartirish kiritib, mamlakatda 60-65 ming kishi virus oqibatida vafot etishi mumkinligini bildirgandi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishgan.

Mavzuga doir: Tramp AQShda koronavirusning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolganini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 19-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1495 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют