» » Britaniya kompaniyasi “dunyodagi eng tezkor krossover”ning tizeri bilan bo‘lishdi

Britaniya kompaniyasi “dunyodagi eng tezkor krossover”ning tizeri bilan bo‘lishdi


Jaguar modellarini qayta ishlab, o‘z markasi ostida taqdim etish bilan tanilgan Britaniyaning Lister kompaniyasi “eng tezkor krossover”ning navbatdagi tizeri bilan bo‘lishdi. Bu modernizatsiyaga uchragan F-Pace SVR modeli bo‘lib, u soatiga 322 kilometr tezlikka chiqa oladi, deb xabar qiladi Motor.

Lister krossoveri haqida dastlab 2018-yilning bahorida ma’lum bo‘lgan. O‘shanda model LFP (Lister F-Pace) deb nomlangan edi. Hozirda model Stealth deya nomlangan bo‘lsa-da, texnik tavsiflari shundayligicha qolgan: 5,0 litrli V8 kompressor dvigateli o‘rnatilgan, maksimal tezligi 322 km/soat va 250 nusxada ishlab chiqariladi. Lister Stealth ushbu ko‘rsatkichi bilan Bentley Bentayga Speed (306 km/soat) va Lamborghini Urus’ni (305 km/soat) ortda qoldiradi. Mashina 60 mil/soat tezlikka (97 km/soat) 3,5 soniyada chiqa oladi.

Krossover 550 ot kuchi va 680 Nm aylanishlar momentiga ega modernizatsiyalashgan 5,0 litrli V8 dvigateli yordamida harakatga keladi. Biroq Lister Stealth foydali ish koeffitsiyentini 666 kuchga qadar chiqara oladi, bu esa metrik o‘lchovlarda 675 ot kuchini tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют