» » IIV vaziri matbuot kotibi ichki postlardagi qurollangan harbiylar va fuqarolarning pasport olib yurishiga izoh berdi

IIV vaziri matbuot kotibi ichki postlardagi qurollangan harbiylar va fuqarolarning pasport olib yurishiga izoh berdi


AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov hududlarda tashkil etilgan ichki postlarda qurollangan harbiylar turishi hamda fuqarolarning pasport olib yurishi masalasiga izoh berdi.

Jumladan, fuqarolar tomonidan postlarda Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlarining o‘zlari yetarli ekanligi, karantin vaqtida qurollangan harbiylar turishi odamlar orasida vahima chiqarishi mumkinligi xususida yo‘llangan savolga quyidagicha javob berilgan: “Ushbu zarurat, respublikamiz hududida koronavirus pandemiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatda, avvalo, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va mazkur kasallikning mamlakatimiz bo‘ylab keng tarqalib ketishini oldini olish hamda nazoratdan chiqmaslikni ta’minlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlardan biri”.

Shuningdek, fuqarolar ko‘chaga chiqqanda pasport olib yurishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

“Bunda shaxsga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Agar fuqaroning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, Ichki ishlar organiga olib borib, shaxsni aniqlashtirishga zarurat tug‘ilishi mumkin. Zarurat bilan ko‘chaga chiqqanda pasportingizni olib yurishingiz kerak”, — deya javob berdi IIV matbuot kotibi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davrida zarurat yuzasidan ko‘chaga chiqqan kishining yonida fuqarolik pasporti bo‘lishi shartligi ma’lum qilindi

Ishga borish uchun yo‘lga chiqqan fuqarolar, qo‘shimcha ravishda, ishxona guvohnomasi va haqiqatan ham ishga jalb etilganligi haqidagi rahbar tasdiqlagan ma’lumotnomani olib yurishi lozimligi takrorlab o‘tildi.

Pasport yoki boshqa hujjatni olib yurish zarurati maxsus komissiya qarorida ko‘rsatilmaganligi karantin vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha hatti-harakatlarini reglamentlashtirishning imkoniyati yo‘qligi bilan izohlandi. Shuning uchun maxsus brifinglar tashkil etilib, javob berilayotgani ta’kidlandi.

“Olib yurilishi zarur bo‘lgan hujjatlar, tavsiya sifatida, ya’ni, fuqarolarning vaqtini tejash, asabbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ko‘chada bemaqsad yurilmayotganligini isbotlab berish maqsadida aytilmoqda. Bunda faqat sizning foydangiz va bizga yengillik ko‘zlanmoqda. Bizning ko‘rsatmalarimizdan kamchilik qidirmasdan, bahslashmasdan, karantin vaqtidagi zarurat sifatida qarashingizni so‘raymiz”, — deydi Shohrux G‘iyosov.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda ichki ishlar xodimi qanday holatlarda jismoniy kuch ishlatishga haqli ekanligi haqida ma’lumot berildi

Eslatib o‘tamiz, 6-apreldan boshlab Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, “o‘zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etildi. Shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida istisno holatlardan tashqari mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют