» » Bosh prokuratura kartoshka va un mahsulotini aholiga arzon va kafolatli yetkazib berilishi ta’minlanishini bildirdi

Bosh prokuratura kartoshka va un mahsulotini aholiga arzon va kafolatli yetkazib berilishi ta’minlanishini bildirdi


19-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda aholiga kartoshka va un mahsulotlarini manzilli ravishda yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida xabar berildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov ma’lumotiga asosan, Respublika bo‘yicha kartoshkaga bo‘lgan talabning keskin oshganligini hisobga olib, import qilingan kartoshkaning “birinchi qo‘l” tamoyili asosida markazlashgan tarzda, manzilli ravishda yetkazib berish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Bosh prokuratura: “1095 ta holatda 2 mlrd so‘mdan ortiq mahsulotlarni qimmat sotish aniqlangan”

Uning asosida olib kelingan import kartoshka respublika dehqon bozorlari hamda savdo nuqtalariga qat’iy ravishda departament xodimlari nazorati ostida yetkazib berilib narxi nazoratga olingani aytildi.

Jumladan, karantin davri davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga 24 780,4 tonna, Toshkent shahar dehqon bozorlari, savdo tarmoqlari hamda sayyor savdo shoxobchalariga 5 500 tonna kartoshka yetkazilgani bildirildi.

So‘nggi kunlarda dolzarb bo‘lib turgan yana bir masala — un mahsulotlarini aholiga tizimli va hamyonbop narxda yetkazib berishda 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus bayoni qabul qilingan.

Mavzuga doir: “O‘zdonmahsulot” ishlab chiqargan bir qop un narxi 125 ming so‘m qilib belgilandi. Endi un birja savdolarisiz sotiladi

“Davlat resurslaridan ajratiladigan un hajmlarini birja savdolarisiz arzon narxda iste’molchilarga kafolatli yetkazib berilishi yuzasidan topshiriq oldik va ijrosiga kirishdik”,— deydi Farhod Ochilov.

Mavzuga doir: 17 kunda ko‘chma yarmarkalar orqali 31 765 tonna oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilgani ma’lum qilindi

Departament organlari tomonidan un mahsulotlarini don korxonalaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qiluvchilar ro‘yxatiga amalda ishlamayotgan savdo nuqtalari, makaron ishlab chiqaruvchilar, novvoyxonalar hamda birjada narxlarni manipulyatsiya qilgan subyektlarning kiritilmaslik, shuningdek, asossiz qimmat narxlarda sotish, ajiotaj talabni vujudga keltirishga qarshi qaratilgan barcha choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Avvalroq Bosh prokuratura tomonidan narx oshishi bo‘yicha norozilik murojaatlarining asosiy qismi qaysi viloyatlardan ekanligi aytilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют