» » DSQ mart oyi yakuni bilan karantin budjet tushumlariga ta’sir qilmaganini ma’lum qildi

DSQ mart oyi yakuni bilan karantin budjet tushumlariga ta’sir qilmaganini ma’lum qildi


Joriy yilning 16-martidan boshlab respublikamizda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan karantin e’lon qilingan bo‘lsa-da, mart oyi yakuni bilan budjet tushumlariga ta’sir qilmadi. Bu haqda, 18-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yunus Nazarov aytib o‘tdi.

Muzaffar Yunus Nazarovning ta’kidlashicha, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lov muddati 15-oktabrga ko‘chirilgani, yakka tartibdagi 195 mingga yaqin tadbirkorlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Mavzuga doir: “Karantin qoidalari va sanitariya talablari qo‘pol ravishda buzilgan”. Soliq qo‘mitasi to‘yxonadagi niqob tikish sexi haqida

“Karantin normalariga rioya etib, uchastka soliq inspektorlarini xonadonlarga va fuqarolarning harakatlarini cheklanishi natijasi bilan jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlaridan tushumlar 3 barobarga pasaygan (130 milliard so‘mdan 40 milliard so‘mga tushgan). Lekin to‘lov muddati uzaytirilgan bo‘lsa-da, ‘Karantin vaqtida men soliqlarimni to‘ladim’ chellenjiga qo‘shilib, fuqarolarimiz 40 milliard so‘mlik soliqlarini uyida o‘tirib, interaktiv tarzda to‘lab berdi”, — deydi qo‘mita vakili.

Mavzuga doir: Davlat soliq qo‘mitasi: “Soliq tushumlarining kamayib ketishi karantin qoidalarini yumshatilishiga sabab bo‘la olmaydi”

Uning qo‘shimcha qilishicha, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan solig‘i bo‘yicha tushumlar ham 84 foizga kamaygan. Tabiiyki, ularning 80 foizdan ortig‘i faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют