» » O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilindi

O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilindi


Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantinning 2020-yil 10-mayigacha uzaytirilganidan keyin amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida hozirga qadar joriy etilgan barcha cheklovlarning 2020-yilning 10-mayiga qadar uzaytirilganligidan kelib chiqib, quyidagilar ma’lum qilindi:

Shuningdek, respublika hududlarida faoliyat ko‘rsatuvchi dehqon bozorlarida dezinfeksion holatni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilanmoqda.

Xususan, dehqon bozorlarida, shu jumladan, bozor hududidan tashqarida joylashgan yirik oziq-ovqat do‘konlarida savdo ijtimoiy masofa (2 metr) saqlagan holda “zigzag” tartibi (quvurlar, bantlar va boshqa shu kabi to‘siqlar orqali) tashkil etiladi.

Har bir bozorga kirishda “dezinfeksiya tunneli” va “sanitariya post”lari, dezinfeksiya guruhlari tashkil etilib, ular bozor hududida karantin choralari talablariga rioya etilishini ta’minlab boradi.

Yuqorida bayon etilgan tartiblar bir tomondan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga, boshqa tomondan esa karantin davrida fuqarolarning sog‘lig‘i hamda ijtimoiy muhofazasini qat’iy ta’minlashga qaratilgan, deyiladi axborotda.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda 19-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1543 nafarni tashkil etmoqda, o‘tgan vaqt davomida kasallikka chalingan besh nafar bemor vafot etgan. 19-aprel 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarning umumiy soni 225 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют