» » Sirdaryoda karantin qoidalarini buzib, uyida maishat uyushtirgan ayol jarimaga tortildi

Sirdaryoda karantin qoidalarini buzib, uyida maishat uyushtirgan ayol jarimaga tortildi


O‘zbekistonda karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda, deb yozmoqda IIV matbuot xizmati.

Xususan, 17-aprel, juma kuni, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi Mamadaliyev ko‘chasida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan ayol M.K. karantin qoidalarini buzib, yashash xonadoniga mehmon chaqirgani aniqlangan. Spirtli ichimlik iste’mol qilib, qo‘shnilari tinchligini buzib, baqir-chaqir qilib turgan vaqtida uning tinchlanishini so‘ragan IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Holat yuzasidan 18-aprel kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Xovos tumani sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish), 183-moddasi (Takroran jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) va 194-moddalari (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)ga asosan 1 million 115 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

18-aprel kuni esa Xiva shahar A.Boltayev ko‘chasida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan Q.B. soat 16:00 da uyiga 2 erkak va 2 ayolni chaqirib, ular bilan maishat qilib, spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligi aniqlangan. Shu kuni Xiva shahar “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan A.E. ham soat 02:00 da uyiga 2 erkak va 2 ayolni chaqirib, ular bilan maishat qilib, spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligi aniqlangan.

Har ikki holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Vazirlik matbuot  xizmatining ta’kidlashicha, karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami  79 851 ta holat aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 20-aprelga qadar joriy etilgan cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib 10-mayga qadar uzaytirildi.

Mavzuga doir: Jizzax va Bulung‘urda karantin vaqtida tug‘ilgan kunini tanishlari bilan nishonlagan shaxslar jazolandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют