» » Namangan shahar kengashi YPX inspektorlari bilan janjallashgan deputatni himoya qildi. Endi vaziyat teskari aylanib ketishi mumkin

Namangan shahar kengashi YPX inspektorlari bilan janjallashgan deputatni himoya qildi. Endi vaziyat teskari aylanib ketishi mumkin


Namanganda shahar kengashi deputati hamda ichki ishlar xodimlari o‘rtasida nizoli vaziyat sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

15-aprel kuni sodir bo‘lgan janjalga deputatga tegishli avtomobilning sug‘urta polisi muddati o‘tib ketgani, xalq vakili esa ushbu hujjatsiz ham yura olish vakolatiga ega ekanligini ta’kidlgani va IIV xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgani sabab bo‘lgandi. Nizoli vaziyatda Namangan shahar kengashi deputati profilaktika inspektorining qo‘liga urib uning telefoni yerga tushib sinishiga sababchi ekani, murosa qilaman deb o‘rtaga tushgan boshqa bir xodimning esa pogoni va ko‘krak nishonini yulib, otib yuborgani hamda ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgani IIV axborot xizmati e’lon qilgan videoda ham aytilgandi.

“Kun.uz”ning xabar berishicha, 16-aprel kuni Namangan shahar prokurori Xalq deputatlari Namangan shahar kengashiga taqdimnoma kiritib, deputat T.Muhammadiyevni jinoiy javobgarlikka tortish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga rozilik so‘ragan.

Mazkur taqdimnoma 16-aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar kengashida ko‘rib chiqilib, 25-Dambog‘ saylov okrugidan saylangan deputat T.Muhammadiyevni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga rozilik berish masalasi rad etilib, uni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan.

19-aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilishida kengashning 16-apreldagi qarori va shahar prokurorining T.Muhamadaliyevga oid taqdimnomasi ko‘rib chiqilgan va Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining shu kuni e’lon qilingan qarori bilan kengashning 16-apreldagi deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan qarori bekor qilingan. Shahar prokurorining T.Muhamadaliyevni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etish va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga rozilik berish to‘g‘risidagi taqdimnomasi ham rad etilgan.

Bundan tashqari, kengash qarori bilan Namangan shahar prokuroridan shahar IIOV FMB profilaktika katta inspektori I.I.Abdurahmonov, IIB YHXB ispektori X.I. Ziyoviddinov va voqeada ishtirok etgan boshqa xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish va belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, tegishli xalq deputatlari kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.

Aprel boshida IIB xodimlarini Telegram’da haqorat qilib, soxta ma’lumot tarqatgan qo‘qonlik deputat 15 sutkaga qamalgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют