» » Nyu-York shtatida koronavirus sabab fuqarolarning onlayn to‘y qilishiga ruxsat berildi

Nyu-York shtatida koronavirus sabab fuqarolarning onlayn to‘y qilishiga ruxsat berildi


AQShning Nyu-York shtatida nikoh marosimlarini onlayn o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo Twitter’da ma’lum qilgan.

Ushbu qarorning chiqarilishiga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. Nikoh qayd etilgani haqidagi guvohnomani endi internet orqali ham olish, ro‘yxatdan esa videokonferensaloqa formatida o‘tish mumkin.

Jons Hopkins universitetining 20-aprel Toshkent vaqti bilan 00:30da bergan ma’lumotiga ko‘ra AQShda 742 mingdan ortiq kishida koronavirus qayd etilgan, 40 mingdan ortiq odam esa kasallik oqibatida vafot etgan. 66 ming nafar bemor kasallikdan tuzalgan.

17-aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp shtatlardagi hukumat vakillariga COVID-19 sabab o‘rnatilgan cheklov me’yorlarini yengillashtirish bo‘yicha mustaqil qaror chiqarish vakolati berilishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra karantinning bekor qilinishi uch bosqichda amalga oshiriladi. Bir oy ichida AQShda 20 milliondan ortiq odam ishsiz qoldi. The Wall Street Journal hamda NBC News o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra ko‘pchilik AQShda cheklovlarni juda tez olib tashlanishi mumkinligidan xavotirda.

Mavzuga doir: 

5-aprelda Nyu-Yorkda doimiy yashab, ishlab kelgan, oilalari ham shu yerda bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlikning COVID-19’dan vafot etgani xabar qilingan, keyinchalik O‘zbekiston TIV ushbu ma’lumotni tasdiqlagandi. 7-aprelda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan o‘lgani ma’lum qilindi. Keyinroq Nyu-Yorkdagi uchinchi qurbon mashhur shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekani oydinlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют