» » Rossiya koronavirusni tekshiruvchi test tizimini tanqid qilgan Belarus prezidentiga javob qaytardi

Rossiya koronavirusni tekshiruvchi test tizimini tanqid qilgan Belarus prezidentiga javob qaytardi


Rossiya koronavirusni aniqlash uchun Moskva tomonidan taqdim etilgan sinov tizimlarini tanqid qilgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning fikriga javob qaytardi.

“Rospotrebnadzor”da ta’kidlanishicha, “Vektor” davlat markazida ishlab chiqilgan ushbu test xorijda ishlab chiqarilgan boshqa test tizimlaridan ko‘p jihatdan ustundir. Ularning samaradorligini turli mamlakatlar test tizimlarini qiyoslovdan o‘tkazgan xitoylik shifokorlar ham tasdiqlagani qo‘shimcha qilingan.

Shuningdek, qayd etilishicha, aynan Moskva tomonidan 2020-yilning fevralida beg‘araz yordam asosda yuborilgan 14 mingta Rossiya test tizimi yordamida Belarusda COVID-19 bilan zararlangan dastlabki bemorlar aniqlangan va o‘z vaqtida epidemiyaga qarshi chora ko‘rishga yordam bergandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirlarida Rossiya koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test yaratgani haqida xabar berilgan edi. Aytilishicha, test juda sezgir bo‘lib, insondagi boshqa epidemik koronavirus namunalari bilan yolg‘on ijobiy reaksiya bermasligi ta’kidlangan.

Rossiya umumiy hisobda 30 dan ortiq davlatga qariyb 400 ta test yuborgan.

O‘zbekistonda esa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma’lumotlariga ko‘ra shu vaqtgacha 136 000 ta test sinovi o‘tkazildi. Yaqin vaqt ichida koronavirus bo‘yicha test o‘tkazish yarim millionga yetkazilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют