» » Moskvada antitana plazmasi uchun donorlarga to‘lanadigan pul miqdori belgilandi

Moskvada antitana plazmasi uchun donorlarga to‘lanadigan pul miqdori belgilandi


Moskva meriyasi koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan donorlarning qonidagi antitanalar plazmasi uchun to‘lov qiymatini belgiladi. Moskva meri Sergey Sobyanin mazkur farmonni imzolagan, deb yozmoqda “RBK”.

Hujjatga ko‘ra COVREC’ning har 150 millilitr plazmasi 1250 rubl (taxminan 170 ming 520 so‘m), ya’ni 600 millilitr uchun 5 ming rubl (taxminan 682 ming so‘m) to‘lanadi. Har bir topshirilgan birlamchi qon hajmi kamida 300 millilitr bo‘lishi va 600 millilitrdan oshmasligi (+/-10 foiz) zarur. Moskva ma’muriyatining 2018-yilda qabul qilingan qarori bo‘yicha donorlar uchun plazma topshirganda to‘lanadigan bir martalik pul miqdori 600 millilitr uchun 3,6 ming rublni tashkil qiladi, qon topshiruvchi donorlarga esa har 450 millilitr uchun 4080 rubldan to‘lanadi.

Koronavirusni yenggan va unga qarshi organizmida imunitet hosil qilgan kishilar donorlik qilishi mumkin, surunkali kasalligi bor, qon topshirib donorlik qilishi taqiqlangan shaxslar ushbu jarayonda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, donorlik qilmoqchi bo‘lganlarning OIV, B va C gepatitiga topshirgan tahlillari natijasi ham salbiy bo‘lishi talab etiladi.

Meriya shahar klinik qo‘mitasi ekspertlari ham COVID-19 koronavirusini vaksina hali yaratilmagan ushbu sharoitda davolashning eng samarali yo‘llardan biri COVREC donor plazmasini quyish ekanini qayd etganligini bildirgan.

COVID-19 koronavirusini qon plazmasini quyish orqali davolash Sklifosovskiy nomidagi tez yordam instituti, 52-shifoxonada boshlangan. Bu haqda 9-aprelda Moskva tezkor shtabi ma’lum qilgan. Ushbu texnologiyani ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda Gavrilov nomidagi qon markazi vakillari ham ishtirok etgan.

Moskva ma’muriyatining axborot berishicha, shaharda epidemiya boshlanganidan beri 1763 nafar kishi koronavirusdan tuzalgan, shundan 84 nafari oxirgi bir sutka ichida infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.

Avvalroq Moskvada koronavirusga chalinganlarni davolash uchun donorlik qilganlarga haq to‘lanishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: 

19-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 42 853 nafarga yetgan, 24 323 ta holat Moskvaning o‘zida kuzatilgan. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 361 nafar fuqaro koronavirusdan vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют