» » Fotoreportaj: Karantinda obyektlarni qo‘riqlayotgan, blokpostlarda asosiy ko‘makchi – xizmat itlari haqida

Fotoreportaj: Karantinda obyektlarni qo‘riqlayotgan, blokpostlarda asosiy ko‘makchi – xizmat itlari haqida


Markaziy harbiy okrugdagi xizmat itlarining asosiy qismi harbiy obyektlarni qo‘riqlashga va blokpostlardagi xizmatga jalb qilingan. Harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov xizmat itlarining karantin vaqtida tartibni saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda tutgan o‘rni haqida “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Samarqand, Navoiy hamda Jizzax garnizonida 30 ga yaqin xizmat itlari uchun kichik pitomniklar barpo etilgan. Okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat itlari iz va mina qidiruv hamda qorovullik-qo‘riqlov xizmatiga safarbar etiladi.

Xizmat itlari bilan ertalab va kunning ikkinchi yarmida 2 soatdan mashg‘ulot o‘tkaziladi.

Kinolog boshqa okrugga yoki harbiy qismga xizmat zaruratiga ko‘ra ko‘chsa, xizmat iti ham harbiy xizmatchi bilan birga yuboriladi.

Jurnalistning yozishicha, har yili an’anaviy tarzda Mudofaa vazirligi miqyosida kinologlar chempionati o‘tkaziladi. 2020-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or mutaxassis kinolog” ko‘rik-tanlovida okrug vakili oddiy askar Mirjalol To‘ramurodov “Seam”, Doston Qodirov “Vega” hamda Bekzod Abdulboqiyev “Geroy” laqabli xizmat itlari bilan sovrindor bo‘lgan.

Xizmat itlarining asosiy qismi mashg‘ulotlarga va harbiy obyektlarni qo‘riqlashga jalb qilinar edi. Karantin tadbirlari sabab endilikda xizmat itlari tunda, ko‘rinishi yomon bo‘lgan (tuman) vaqtlarda, zarurat bo‘lganda kunning istalgan paytida blokpostlarga jalb qilinmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют