» » Ozbekistonda koronavirusning beshinchi haftasi dayjesti: Shiddat bilan tarqalgan virus, postdagi qurolli harbiylar, ozimizning aqlli niqobimiz, yakka-yakka iftorlik

Ozbekistonda koronavirusning beshinchi haftasi dayjesti: Shiddat bilan tarqalgan virus, postdagi qurolli harbiylar, ozimizning aqlli niqobimiz, yakka-yakka iftorlik


Yana bir hafta otdi. Karantinni tort devor ichida otkazganlar xonaning boyi va enini santimetrigacha olchadi, bogcha, maktab ochilishini bolalardan koro koproq istadi. Ammo beshinchi haftadirki, tojdor virus yengilishni istamayapti. Dayjestimizni boshladik.

Mavzuga doir:

Hafta koronavirus quturishi bilan boshlandi. 13-aprelda 133, 14-aprelda 167, 15-aprelda 137 nafar ozbekistonlik virus yuqtirdi. Keyingi kunlarda esa bu son 47, 56 va 45 nafarni tashkil qildi. Otgan hafta yurtimizda koronavirus shiddat bilan tarqaldi, biroq shu bilan virus yuqtirish choqqisiga chiqqani taxmin qilindi. Barcha grafik chizigi pastga shongishini kutmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz boylab koronavirus infeksiyasidan sogayganlar soni 214 nafarga yetdi.

* * *

Koronavirus mamlakatning eng qudratli sohasiga ham tasir korsatmay qolmadi. Avvalroq bu yilgi harbiy chaqiriq kechiktirilganini yozgan edik. Kechiktirilgan chaqiriluvchilar ham hozir xalq orasida xizmat qilmoqda. Samarqand(775),Navoiy(580) hamdaJizzax(302) garnizonlarida jami 1 657 harbiy xizmatni otashga yuborilgan kechiktirilgan chaqiriluvchi dezinfeksiya ishlarida ishtirok etmoqda. Har bir tumanda yoshlardan iborat 4-5 tadan, viloyatlarda esa qirqqa yaqin otryad tuzilib, bozorlar, maishiy savdo dokonlari hamda aholi yashash manzillariga yuborildi.

Umuman olganda, karantin davomida harbiylar davlatga yordamlashmoqda. Harbiy texnikalarga ornatilgan ovozkuchaytirgichlar bilan aholidan zaruratsiz kochaga chiqmaslik soralmoqda. Postlarda qurollangan askarlar turibdi. AOKA huzuridagi shtabda otkazilgan brifingda bu mavzuda savol berildi: Tashkil etilgan postlarda nega qurollangan harbiylar turibdi? Bu aholida vahima uygotyapti. Bizda urush bolmayapti-ku? Javob: Ushbu zarurat respublikamiz hududida koronavirus pandemiyasi tarqalishi bilan bogliq vaziyatda, avvalo, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taminlash va mazkur kasallik mamlakatimiz boylab keng tarqalib ketishining oldini olish hamda nazoratdan chiqmasligini taminlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlardan biridir.

* * *

Zamonaviy texnologiyalar ham koronavirus bilan kurashishda asqatmoqda. Toshkentdagi Inha universitetining Kompyuter va dasturiy injiniringfakulteti talabalari aqlli niqob yaratdi.

Bu niqobni qayta ishlatsa boladi. U insonning tana haroratiga, yotal, aksa urish va nafas olishda bolayotgan qiyinchilikni uch xil sensor orqali aniqlab bera oladi. Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bolib, uning yordamida niqobga ornatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan korsatkichlarni smartfonga yuboradi. Ilova ushbu malumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bolsa, dastur aniqlik kiritadi.

Mavzuga doir:

Karantin tufayli poytaxtimizning koplab kocha va mahallalarida vaqtincha qatnovlarni cheklash maqsadida ornatilgan tosiqlarni korish imkoniyatini beruvchi geoportal ishga tushirildi. Davyergeodezkadastr qomitasi hamda Toshkent shahar IIBB hamkorligida yaratilgan geoportalda tosiqlar joyi xaritada qizil chiziqlar bilan aks ettirilgan bolib, ularning soni bugungi kunda 1 415 tani tashkil etmoqda. Geoportal barcha uchun ochiq shaklda yaratilgan. Unga Covid19.geoportal.uzmanzili orqali kirish mumkin. Kiring va tosiqlarga duch keling.

* * *

Koronavirus shifoxonalar ishini murakkablashtirmoqda. Otgan hafta Toshkentdagi taniqli 6-tugruqxona karantinga yopilganini xabar qilgandik. Bu hafta boshida Toshkentdagi 17-shahar klinik kasalxonasi va Mirzo Ulugbek tumanidagi 8-oilaviy poliklinika karantinga yopildi. 16-aprel kuni Toshkentda Respublika perinatal markazida (SAMPI) homilador ayollardan birida koronavirus mavjudligi aniqlandi. Ayol maxsus ajratilgan 3-tugruqxona binosiga otkazildi, markaz esa karantingayopildi.

Shuningdek, Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangani bois institut karantinga yopilgani aytildi.

* * *

Karantin ishsiz va daromadsiz qolgan fuqarolarni bezovta qilayotgani hech kimga sir emas. Davlat bu muammoni yechishga urinmoqda. Moliya vaziri Timur Ishmetovning aytishicha, xususiy korxonalarga oylik maosh uchun kredit berish imkoniyatlarini yaratish ustida ish olib borilayapti. Yani hozir ishlamayotgan, lekin xodimlariga ish haqi tolamoqchi bolgan korxonalar 2-3 oyga kredit olishi mumkin boladi. Markaziy bank regulyator sifatida yengilliklar beradi.

Masalaning boshqa tarafi shundaki, kredit olish imkoniyati yaratildi, lekin biznes xodimlari uchun kredit olishga tayyormi? Murojaat qiladimi? Shu masala ham bor.

Aholiga pul berish masalasi organilmoqda. Aholiga moddiy yordamni oila tamoyili asosida berish mumkin. Yani oila azolarining soniga qarab yondashish mumkin. Bu koproq xususiy sektorda ishlaydiganlarga taalluqli boladi. Chunki davlat sektori oyligini toxtatmasdan bermoqda. Mabodo odamlarga yordam beriladigan bolsa, shak-shubhasiz, bu odamlarning bank hisob raqamiga, plastik kartasiga pul tushirish boladi. Agar karta bolmasa, bank kartasi ochiladi. Shu mexanizm bilan ishlash kerak boladi.

* * *

Hozirgi mushkul epidemiologik vaziyatda yurtimiz musulmonlar uchun islom dini peshvolari maslahatlarini berishda davom etmoqda. Mart oyidan beri juma namozlariga chek qoyilgan. Janoza namozlari faqatgina marhumning yaqin qarindoshlari ishtirokida oqilmoqda. 16-aprel kuni Diniy qomita Haj ziyoratini vaqtincha toxtatilganini, vaziyat barqarorlashmasa, joriy yilgi navbatlar kelasi yilga toliq otkazilishini bildirdi.

Ramazon oyi eshik taqillatayotganligi bois musulmonlar idorasi iftorlik borasida tavsiyalarini berdi. Musulmonlar idorasi rasmiysi iftorlik savob amalligini takidlab shunday dedi:

Paygambarimiz Muhammad (s.a.v.) bu haqda shunday deganlar: Kim bir rozadorga iftorlik qilib bersa, unga osha rozador ega bolgan savobdan biror narsa kamaytirilmagan holda beriladi. Shunday ekan, iftorlik xarajatlarini muhtoj, kambagal rozadorlarga berish bilan kishi ularga iftorlik qilib berganning savobini oladi. Chunki iftorlik qilish deganda, albatta, dasturxon yozib, top-top odam aytishni tushunmaslik kerak. Kambagal, muhtoj kishilarga taom yoki kerakli mablagini berish eng yaxshi iftorlikdir, chunki shunisi riyodan xoli boladi.

* * *

Avvalroq OzR Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva RF Federal Majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yollagan edi. Unda Rossiyada hozirgi murakkab sharoitda ishsiz, mablagsiz qolgan fuqarolarimizdan karantin tugaguncha patentni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqning tolash muddatini kechiktirish imkoniyatini korib chiqish boyicha yordam soralgan.

Bu haftada Federatsiya kengashi maktubga javoban maxsus qonunni tasdiqladi. Unga muvofiq, patent muddati tugagan bolsa, 90 kun mobaynida uni qayta rasmiylashtirmasdan faoliyat yuritishga ruxsat beriladi. Boshqacha aytganda,muhojirlarimiz 15-iyungacha patent tashvishini qilmay yurishlari mumkin. Ish beruvchilar ham mehnat muhojirlarimizni ishga yollay oladi.

* * *

Oxirgi axborotga kora, Ozbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 565 nafarni tashkil qilmoqda.15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarningbesh nafarivafot etdi,225 nafari esasogayib, reabilitatsiyaga olindi. Xorijda73 ozbekistonlikdakoronavirus aniqlandi (eng kopi 42 nafari Rossiyada), ularning tort nafarivafot etdi.

Sizga uyda qoling demaymiz, chunki uyda ekaningizga ishonamiz. 10-maygacha karantin davom etadi. Uning yangi tartiblari ham joriy etildi. Biroq karantin talablari yumshashi mumkin, chunki iqtisodiyotimizni uzoq karaxtlikdan asragan afzalroq. Xususan, ximchistkalar ishiga ruxsat berildi. Sekin-asta vaziyat yaxshilanishini kutib qolamiz.

Salomatligingizni asrang, shifokorlar tavsiyasiga rioya qiling.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-04-2020, 09:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
:
-
:
20 ... -