» » “Epidemiya” filmi rejissori Stiven Soderberg AQSh kinosanoatini qayta tiklashga kirishadi

“Epidemiya” filmi rejissori Stiven Soderberg AQSh kinosanoatini qayta tiklashga kirishadi


Koronavirus pandemiyasi tufayli kinosanoat jiddiy zarar ko‘rdi: butun dunyoda kinoteatrlar yopildi, filmlar taqdimoti qoldirildi, suratga olinishi davom etayotgan filmlar ham to‘xtab qoldi.

Esquire’ning yozishicha, AQSh rejissorlar gildiyasi pandemiyadan so‘ng filmlar suratga olishni qayta tiklashga yordam beruvchi va ishga qanday qilib xavfsiz qaytish mumkinligini tushuntiruvchi qo‘mitani tuzdi. Qo‘mita rahbari etib Stiven Soderberg tayinlandi.

Gildiya a’zolarini qachon xavfsiz tarzda ishga qaytishi mumkinligi qiziqtirmoqda.

“Hozirda kino suratga olish jarayonlari qachon tiklanishini aniq ayta olmasak-da, ammo xavfsizlikni ta’minlab, ishni qayta tiklash uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz”, — deyiladi gildiya xabarida.

Yangi qo‘mita yetakchi epidemiologlar bilan maslahatlashmoqda hamda barcha uchun xavfsiz sharoit yaratish uchun boshqa Gollivud birlashmalari bilan hamkorlik qilmoqda.

Stiven Soderberg 2011-yilda o‘ta xavfli Xitoy virusi haqidagi “Epidemiya” filmini suratga olgan. 2020-yilning mart oyi oxirida ushbu film butun dunyodagi barcha platformalarda eng ko‘p tomosha qilingan film bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют