» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 568 kishiga, virus qurbonlar soni 7 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 568 kishiga, virus qurbonlar soni 7 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 568 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatning koronavirusga qarshi kurash shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“20-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab yana 14 kishida koronavirus aniqlandi”, — deyiladi xabarda. Shtab vakilining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida infeksiyani yuqtirib olgan ikki kishi — 70 yoshli ayol va 79 yoshli erkak vafot etgan.

Shunday qilib, Qirg‘izistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 568 kishiga yetdi, ularning 140 nafari — tibbiyot xodimlari. Kasallik oqibatida vafot etganlar soni yetti kishiga yetdi, 11 nafar bemor og‘ir ahvolda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyaga chalinganlar bilan 8 mingga yaqin odam aloqada bo‘lgan. Shuningdek, mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan 201 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ygan.

O‘zbekistonda esa 19-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1565 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 225 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют