» » Geynrixning o‘zgacha selfisi hamda samoga qaratilgan qo‘llar. O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichidagi barcha gollari bitta sahifada (video)

Geynrixning o‘zgacha selfisi hamda samoga qaratilgan qo‘llar. O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichidagi barcha gollari bitta sahifada (video)


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2018 uchinchi saralash bosqichidagi barcha gollari taqdim etiladi.

Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2018 musobaqasining hal qiluvchi saralash bosqichini yomon boshlamaydi. “Oq bo‘rilar” dastlabki to‘rt o‘yinning uchtasida g‘alabaga erishadi. Biroq qolgan bahslarda bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba qayd etiladi va O‘zbekiston yana mundial yo‘llanmasidan quruq qoladi.

Terma jamoa mazkur bosqichda umumiy hisobda oltita gol uradi va o‘z darvozasidan yettita to‘p olib chiqadi. Ushbu sahifada O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari tomonidan urilgan barcha gollarni tomosha qiling.

Uchinchi saralash bosqichning ilk o‘yinida O‘zbekiston o‘z maydonida Suriyani qabul qiladi. Unda o‘sha vaqtlari “sehrli tayoqcha”ga aylangan Aleksandr Geynrix tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qiladi. O‘ng qanotda Server Jeparov boshlab bergan hujumni Eldor Shomurodov davom ettiradi va jarima maydoniga yorib kirgan holda markaz tomon uzatmani amalga oshiradi. Odil Ahmedovning kuchli zarbasini raqib posboni qaytarib qoladi, biroq Geynrix tomonidan yo‘llangan mukammal zarba darvozadan joy oladi. Sasha esa golni o‘sha mashhur selfi bilan nishonlaydi.

Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda Yegor Krimets 86-daqiqada Geynrix tomonidan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltiradi. E’tiborlisi Geynrix bu safar ham zaxiradan maydonga tushib, samarali harakat amalga oshiradi. 2016-yilning 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yindagi mazkur gol O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, marhum Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston 3-turda Erondan uchralgan mag‘lubiyatdan besh kun o‘tib Xitoyni qabul qiladi. Unda Marat Bikmayev va Otabek Shukurov tomonidan kritilgan gollar Babayan shogirdlariga g‘alaba keltiradi. O‘zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichi doirasida faqatgina shu o‘yinda bittadan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘ladi.

Shomurodovning uzatmasidan keyin Marat Bikmayev uzoq burchakni aniq nishonga olgan holda 50-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqadi.

O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga besh daqiqa qolganida Otabek Shukurov ikkinchi golni kiritadi. Uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan keyni to‘p himoyachiga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi va darvozadan joy oladi.

5-tur doirasidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin O‘zbekiston uchun juda omadli boshlanadi: 25-daqiqada mezbonlar himoyasidagi xatodan keyin Bikmayev uzoq masofadan bo‘sh darvozani ishg‘ol qilgan holda hisobni ochadi. Biroq Babayan jamoasi ikkinchi bo‘limdagi oddiy vaziyatlarda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqadi va g‘alabani qo‘ldan chiqaradi. 67 va 85-daqiqalarda urilgan gollar koreyslarga uch ochko keltiradi.

O‘zbekiston uchun juda qulay va omadli raqib hisoblangan Qatar terma jamoasi bu safar ham taslim etiladi. 65-daqiqada Odil Ahmedov jarima zarbasini mukammal ijro etgan holda o‘zbekistonliklarni oldinga olib chiqadi.

Afsuski, keyingi uch turda O‘zbekiston terma jamoasi birorta ham gol ura olmaydi. Eron o‘z maydonida imkoniyat qoldirmagan bo‘lsa (2:0), Xitoydan 84-daqiqada gol o‘tkazib alamli mag‘lubiyat qayd etiladi. So‘nggi turda esa Janubiy Koreyaga qarshi nursiz durang butun O‘zbekistonning to‘rt yillik umidlarini yana puchga chiqaradi...

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют