» » AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etdi


AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida mamlakatda 1997 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Butun AQSh bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 40,6 ming kishidan oshdi. Kasallikka chalinganlar soni esa 760 ming kishiga yaqinlashdi, shularning 70 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Bundan oldingi 24 soat ichida AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 34 mingga ortgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15—16-aprel kunlari mamlakatda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilangan edi — bir sutkada qariyb 4,6 ming bemor vafot etgan. Prezident Tramp AQShda koronavirus qurbonlari qanchaga yetishi mumkinligi to‘g‘risidagi prognoziga o‘zgartirish kiritib, mamlakatda 60-65 ming kishi virus oqibatida vafot etishi mumkinligini bildirgan.

Mavzuga doir: Tramp koronavirus sabab bir oydan buyon Oq uydan chiqmayotganini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют