» » Xitoy va Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 12 kishiga ko‘paydi

Xitoy va Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 12 kishiga ko‘paydi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 12 ta holat aniqlandi, 22 kishi tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Aniqlangan 12 holatning 8 tasida koronavirus chetdan, qolgan 4 ta holatda mamlakatning o‘zida yuqtirilgan. Ayni paytda Xitoyda umumiy hisobda 83 817 kishi koronavirusga chalingani tasdiqlangan, 4 636 kishi vafot etgan, 77 084 kishi tuzalgan.

Janubiy Koreyada esa bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 13 ta holat aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 10 674 kishiga yetdi. Shundan 72 nafari tuzalgan, 236 kishi vafot etgan. Bundan bir kun avval esa kasallanganlar soni bo‘yicha fevraldan buyon eng past ko‘rsatkich qayd etilgandi.

Qayd etilishicha, mamlakatda yangi kasallanishlar sonining kamayishi sababli hukumat ijtimoiy masofalanish rejimini zaiflashtirilgan shaklda 5-maygacha uzaytirdi. Istirohat bog‘lari va dam olish maskanlari qayta ochiladigan bo‘ldi, sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarga o‘z faoliyatini cheklangan holda davom ettirishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, fuqarolardan hali ham gavjum joylarga bormaslik, uydan zaruratsiz chiqmaslik va barcha profilaktik tadbirlarga rioya qilish talab qilinmoqda.

Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 160 ming kishidan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют