» » Mudofaa vazirligi: “Bir oylik xizmatga pulini to‘lab qo‘ygan fuqarolarning pullari qaytarib berilmaydi”

Mudofaa vazirligi: “Bir oylik xizmatga pulini to‘lab qo‘ygan fuqarolarning pullari qaytarib berilmaydi”


“Bir oylik xizmatga pulini to‘lab qo‘yganlar nima qilishadi? Karantin qachongacha cho‘zilishi noma’lum bo‘lsa, biz pulimizni hozir qaytarib olsak bo‘ladimi?”, — deya berilgan savolga Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov quyidagicha javob berdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Bir oylik xizmatga, ya’ni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash uchun pul badalini to‘lab qo‘ygan fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi bir oylik xizmat yig‘inini o‘tashlari mumkin. Shuning uchun karantin muddati tugagandan so‘ng, albatta, bir oylik xizmat yig‘iniga jalb qilinadilar to‘lov qilgan pul badali qaytirib berilmaydi.

Bahrom Zulfiqorov, Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari 

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holat yaxshi tomonga o‘zgargandan so‘ng harbiy xizmatga chaqiruv ishlari davom ettirilishi aytildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi

Faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-sonli qaror bilan kiritilgan nizomga muvofiq bu xizmat turi uchun to‘langan pul badallari quyidagi holatlarda:

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining oxirida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi. O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yigitlar bir yillik muddatli harbiy xizmatga borishi qat’iyan belgilangan. Bundan tashqari, oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют