» » Zidan, Anri, Mbappe. Fransiya terma jamoasining barcha davrlardagi ramziy terma jamoasi tuzildi

Zidan, Anri, Mbappe. Fransiya terma jamoasining barcha davrlardagi ramziy terma jamoasi tuzildi


L’Equipe nashri Fransiya terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi o‘yinchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Terma jamoaning to‘qqiz nafar futbolchisi JCh—1998 va Yevro—2000 chempionlaridan oldindi. Hozirgi paytda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilardan faqatgina PSJ hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoadan o‘rin olgan. Shuningdek, 1984-yilgi Yevropa chempioni Mishel Platiniga ham joy topilgan.

Terma jamoaning murabbiyi sifatida Fransiyaning ayni damdagi ustozi Didye Desham tanlangan. Shuningdek, Desham ramziy terma jamoaga ham kiritilgan.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Fabyen Bartez;

Himoyachilar: Biksant Lizarazyu, Marsel Desayi, Loran Blan, Lilian Tyuram;

Yarim himoyachilar: Patrik Viyeyra, Didye Desham, Mishel Platini, Zinedin Zidan;

Hujumchilar: Tyerri Anri, Kilian Mbappe.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют