» » O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 83 mingdan oshdi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 83 mingdan oshdi


IIV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar belgilangan qoidalarga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 83 005 ta holat aniqlandi.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 15 198  ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida aniqlanmoqda. Xususan, 19-aprel kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 2-mavzeda yashovchi 1978-yilda tug‘ilgan  E.K. 24-uy oldida karantin qoidalariga zid ravishda somsa savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.

Shaharning Mirzo Ulug‘bek tumani, Tohir Malik ko‘chasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan  A.Yu. esa karantin qoidalarini buzib, Yunusobod tumanida joylashgan “Nurika” kafesida faoliyat olib borayotganligi aniqlangan.

Har ikki holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Respublikaning boshqa hududlarida aniqlangan qoidabuzarliklar soni esa quyidagicha:

Avvalroq Toshkent bo‘ylab qayerlarga karantin to‘siqlari o‘rnatilganini ko‘rsatuvchi portal ishga tushgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют