» » OnePlus 8 Pro smartfoni Samsung Galaxy S20 Ultra va iPhone 11 Pro Max’ga qarshi. Qaysi biri tezkor? (video)

OnePlus 8 Pro smartfoni Samsung Galaxy S20 Ultra va iPhone 11 Pro Max’ga qarshi. Qaysi biri tezkor? (video)


OnePlus 8 Pro smartfoni o‘zidan oldingi vakilidan sezilarli darajada qimmat. AQShda smartfonning bazaviy versiyasi 900 dollardan sotilmoqda. Asosiy raqobatchilari Samsung Galaxy S20 Ultra va iPhone 11 Pro Max’ga nisbatan arzonroq bo‘lsa-da, oradagi farq u qadar katta emas, shu sababli qurilmalarni o‘zaro taqqoslash mumkin, deb xabar beradi IXBT.

Dastlab OnePlus 8 Pro Galaxy S20 Ultra bilan taqqoslandi. Qurilma Galaxy smartfonidan bir yarim barobarga arzon hisoblanadi. OnePlus 8 Pro kichik Galaxy S20’dan ham arzonroq turadi. Shunga qaramay, barmoq izi skanerlarining ishlash tezligi bir xil, biroq Samsung flagmanida animatsiya uzoqroq davom etadi, shu sababli OnePlus tezroq ishlayotgandek tuyulishi mumkin. Ishlash jarayoniga ko‘ra ikkala apparat ham bitta platformaga asoslangan shuning uchun farq, asosan, optimallashtirish va tashqi ko‘rinishga bog‘liq. Qaysidir birida biror dastur tezroq ochilsa, ikkinchisida boshqa dastur tez ishlamoqda, biroq ikkisi ham juda tezkor.

iPhone bilan taqqoslash esa biroz qiziqroq. Birinchidan, bir-birdan tubdan farq qiluvchi platforma va operatsion tizimlar. Shunga qaramay, ikkala qurilmadagi dasturlar ham maksimal darajada tez ochilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют