» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1582 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1582 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 20-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1582 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq 19-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1565 taga yetgani ma’lum qilingan edi. Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning “O‘zbekiston 24” telekanali orqali bergan bayonotida 20-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni o‘zgarishsiz qogani ma’lum bo‘lgan.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 238 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi, Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют