» » Norvegiyada koronavirus sabab yopilgan bog‘chalar yana ochilmoqda

Norvegiyada koronavirus sabab yopilgan bog‘chalar yana ochilmoqda


Norvegiya koronavirus pandemiyasi fonida yopilgan bolalar bog‘chalarini yana ochmoqda.  Bu haqda Norvegiya telegraf byurosiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, maktabgacha ta’lim muassasalarining ochilishiga qaramay, ko‘plab ota-onalar bu kabi vaziyatda farzandlari uyda qolishini ma’qul ko‘rmoqda.

Shuningdek, 20-apreldan boshlab norvegiyaliklarga o‘z dachalariga borishga ruxsat etiladi.

Norvegiya Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, aprel oyi davomida yopilgan muassasalar sekin-asta ochila boshlaydi: bog‘chalar yana ishga tushadi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabga borishi, talabalar OTMlarga qaytib, o‘qishni tamomlashi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, sartaroshxonalar va boshqa ko‘plab muassasalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Norvegiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 7078 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda COVID-19 oqibatida 165 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Shvetsiyalik olim karantinsiz rejim ko‘proq odamlarni koronavirusdan saqlab qolishi mumkinligini bildirdi

Avvalroq Avstriyada koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan cheklovlarni sekin-asta bekor qilish boshlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют