» » Okean tubiga sayohat: avstraliyalik olimlar tabiatdagi eng uzun jonzotni kashf qildi

Okean tubiga sayohat: avstraliyalik olimlar tabiatdagi eng uzun jonzotni kashf qildi


Koinotni sinchiklab o‘rganyapmiz-u, lekin sayyoramizning o‘zida, ummonlarda hali o‘rganilmagan joylar juda ko‘p. Biz okean va unda yashovchi jonivorlarni sirtdan bilamiz xolos. Avstraliyalik olimlarning yaqinda o‘tkazgan navbatdagi suvosti tadqiqotlari haqida “Daryo” ma’lumot beradi.

Shmidt okeanologiya instituti rahnamoligida qator avstraliyalik olimlardan iborat ekspeditsiya jamoasi mamlakatning g‘arbiy qirg‘oqlaridan sal naridagi Hind okeanida joylashgan Ningalu suvosti darasi tubligini tadqiq qildi. Okeanning ushbu hududida Keyp-Reynj va Kloats botiqlari eng chuqur botiqlar sanaladi. Ularning chuqurligi 4 800 metr atrofida. Ekspeditsiya ishtirokchilari yakunda qimmatli ilmiy materiallar bilan qaytishlariga komil ishonch bilan otlanishdi. Xususan, ekspeditsiya a’zolaridan biri, G‘arbiy Avstraliya muzeyi xodimasi Liza Kirkindeyl bu haqida “Biz evolyutsiya nuqtayi nazaridan juda qimmatli bo‘lgan qiziq jonivorlarni aniqlashga umid qilgan edik”,  deb aytdi.

Ekspeditsiya mobaynida olimlar jami 180 soat mobaynida suv ostida bo‘ldi va buning uchun 20 marta tubliklarga sho‘ng‘ishdi. SuBastian nomli suvosti apparati yordamida olimlar tubliklarda yashovchi ko‘plab jonzotlarni tasvirga tushirib, ayrim notanish jonzotlardan namunalar tutishdi. Avvaldan fanga ma’lum dengiz jonivorlaridan bu tublikda kalmar, dengiz bodringi, qisqichbaqasimonlar, bo‘g‘imoyoqlilar hamda chig‘anoqlarni uchratishgan.

Yangi aniqlangan jonivorlardan esa olimlar tublikdan naq bir metr yuqoriga tik turgan gidroidni alohida qayd etmoqda (rasmda):

Hammasidan ham olimlarni qattiq hayratlantirgan narsa Apolomia turkumiga kiruvchi quyidagi rasmdagi ulkan sifonofor bo‘ldi. Ekspeditsiya ishtirokchilarining aytishicha, uning uzunligi 47 metrga yetadi. Bu hozircha odamzod duch kelgan tabiatdagi eng uzun jonivor bo‘ladi! Ko‘k kitlarning uzunligi, odatda, 30 metrdan ortmaydi.

Albatta, sifonoforlarni yaxlit butun organizm deb aytish ham qiyin. Ular yaxlit organizm emas, balki minglab mayda jonzotlardan (zooidlardan) tuzilgan koloniyadir. Biroq sifonoforlarni koloniya deyishga ham to‘la asos yo‘q. Chunki uni tashkil qiluvchi zooidlarning har biri xuddi organizmdagi kabi alohida hujayra vazifasini bajaradi va ularning alohida o‘z vazifasi mavjud bo‘ladi. Alohida tarzda oziqlanmaydi va aksincha, ozuqa moddalarni bir-biri orqali tarmoq ko‘rinishida uzatib, umumiy tarzda iste’mol qiladi. Shu sababli sifonoforlarni organizm deb ham hisoblovchilar mavjud.

Ekspeditsiyadan olingan barcha natijalar yaqin orada tarmoqqa ochiq ma’lumot tariqasida erkin foydalanish uchun joylanadi. Olimlar ekspeditsiya materiallari yaqin yillarda o‘tkaziladigan muhim ilmiy izlanishlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, deya umid bildirdi. Tublikdan olib chiqilgan namunalar esa G‘arbiy Avstraliya muzeyiga topshiriladi.

Ekspeditsiya faoliyatiga oid eng yorqin lahzalar haqidagi videoni quyida tomosha qilishingiz mumkin:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют