» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 238 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 238 nafarga yetdi


Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 2 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular 20-aprel kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tuzalganlardan biri, 39 yoshli ayol Xo‘jaobod tumanidan bo‘lsa, ikkinchisi 51 yoshli ayol Andijon shahridan. Har ikki bemor ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yutirib olgan.

Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha tuzalib chiqqan bemorlar soni 13 nafarga yetdi.

Shuningdek, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular ham 20-aprel kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25-mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Ulardan 10 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan, Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan bo‘lgan 1 nafardan fuqaro kasallikdan sog‘aygan. Ular orasida eng kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 20 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar koronavirusdan tuzalganlar soni 68 nafarga yetdi. Ayni paytga O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 20-aprel kuni mamlakatdagi qator tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlarning reabilitatsiyaga kuzatilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 20-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1582 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 15-martdan beri besh kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi. Bundan tashqari, xorijda 73 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi, Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют