» » Teofimo Lopes: Vasiliy Lomachenko men bilan jangda 8 raunddan ortig‘iga yaramaydi

Teofimo Lopes: Vasiliy Lomachenko men bilan jangda 8 raunddan ortig‘iga yaramaydi


Boks bo‘yicha yengil vazn tofiasida IBF chempioni Teofimo Lopes WBA va WBO kamari sohibi Vasiliy Lomachenkoga qarshi kechadigan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.

“Ayrim jihatlarda ikkimizning ham maqsadimiz bir. U ham mutlaq Jahon chempioni bo‘lishni istaydi. Vasiliy hali bunga erisha olmagan.

U o‘z rezyumesiga ko‘proq yutuq qo‘shishga urinadi. O‘ylashimcha, u yakunda boks afsonalari qatoridan joy oladi. Lomachenko kamarimni tortib olish harakatida yuribdi, biroq mening ham niyatim shu — 22 yoshimda mutlaq Jahon chempioni bo‘lishni istayman.

Uni nokautga uchratishga harakat qilaman. U menga qarshi sakkiz raunddan ortiq turib bera olmaydi”, — deydi Lopes.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik bokschi uchta vazn toifasida chempionlik kamarini eng tez qo‘lga kiritish (12 jangda) borasida rekordchi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют