» » Jizzaxda karantin vaqtida tanishlari bilan tug‘ilgan kunini nishonlagan yana bir shaxs javobgarlikka tortildi

Jizzaxda karantin vaqtida tanishlari bilan tug‘ilgan kunini nishonlagan yana bir shaxs javobgarlikka tortildi


Jizzaxda karantin vaqtida tanishlari bilan tug‘ilgan kunini nishonlagan yigit javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati, Forish tumanida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan I.X. 19-aprel kuni uyida 4 nafar o‘rtoqlari bilan tug‘ilgan kun nishonlaganligi aniqlangan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

“O‘zbekistonda karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay hali ham bunga amal qilmayotganlar aniqlanmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Jizzaxda karantin vaqtida tug‘ilgan kunini tanishlari bilan nishonlagan shaxs jazolangani haqida avval ham xabar berilgandi. Sirdaryoda ham karantin qoidalarini buzib, uyida maishat uyushtirgan ayol jarimaga tortilgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют