» » Ueyn Runi: Ronaldu bilan do‘stman, ammo Messini tanlayman

Ueyn Runi: Ronaldu bilan do‘stman, ammo Messini tanlayman


“Derbi Kaunti” klubi hujumchisi Ueyn Runi “Barselona” yetakchisi Lionel Messi va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birgalikda o‘ynashni boshlaganimizda Ronaldu bu qadar gol urishga chanqoq emas edi. Biroq dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishni xohlashi ko‘rinib turardi. U muntazam shug‘ullanardi va bu natija berdi. Krishtianu aqlbovar qilmas to‘purarga aylandi. Balki, u Messi bilan birga futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchidir.

Biroq Ronaldu bilan do‘st bo‘lishimga qaramay Messini tanlagan bo‘lardim. Unda boshqalarda yo‘q nimadir bor, xuddi shu sabab Xavi va Skoulzning o‘yinini tomosha qilishni ham yoqtirardim. Gap o‘zini tutish haqida ketmoqda. Messi gol urish uchun to‘pga bor kuchi bilan zarba berganini eslay olmayman. U to‘pni shunchaki uloqtiradi va bu juda osondek ko‘rinadi.

Ronaldu maydonda shafqatsiz, u qotil. Biroq Messi o‘ldirishdan avval seni qiynoqqa soladi. Messi bularning evaziga o‘yindan ko‘proq zavq olayotgandek tassavvur paydo bo‘ladi”, — deydi Runi.

Mavzuga doir: Devid Bekhem: Messi noyob futbolchi, uning darajasida birorta ham o‘yinchi yo‘q

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют