» » O‘zbekistonda pandemiya sabab foydalanilmayotgan yerlar aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun berilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda pandemiya sabab foydalanilmayotgan yerlar aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun berilishi kutilmoqda


O‘zbekistonda foydalanilmayotgan va yer osti suvlari mavjud bo‘lgan yer maydonlari foydalanishga kiritilib, aholiga imtiyozli lizing shartlari asosida berilishi kutilmoqda. Bu haqda Prezidentning “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, mazkur yer maydonlari meva, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarini ekish, issiqxonalar barpo etish, suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash sharti bilan ajratiladi.

Qayd etilishicha, bundan ko‘llangan maqsad hozirgi global inqiroz va koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi bandligi va daromadini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlash, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash va eksportni amalga oshirish hisoblanadi.

Foydalanilmayotgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan yer maydonlarini o‘zlashtirish uchun Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Uzum yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga birinchi bosqichda 300 milliard so‘m ajratiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zlashtirilgan yer maydonlarida meva, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlarini ekish, issiqxonalar barpo etish quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:

Yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlariga bo‘lgan ijara huquqi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilikni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan aniq oziq-ovqat turini yetishtirish sharti bilan 5—10 yilga sotiladi. Bunda ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘lar yangi yer maydonlarining foydalanishga kiritish uchun sarflanadi.

Ushbu qaror loyihasi muxokamasi 3-mayga qadar davom etadi.

Mavzuga doir: 17 kunda ko‘chma yarmarkalar orqali 31 765 tonna oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют