» » O‘zbekistonda 20 kun ichida karantin qoidalarini buzgan 918 kishi sudlandi, 421 kishi 246 mln so‘m jarimaga tortildi

O‘zbekistonda 20 kun ichida karantin qoidalarini buzgan 918 kishi sudlandi, 421 kishi 246 mln so‘m jarimaga tortildi


O‘zbekistonda 1—20-aprel kunlari ma’muriy sudlar tomonidan karantin qoidalarini buzish bo‘yicha 918 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2020-yil 1—20-aprel kunlari mobaynida mamlakat ma’muriy sudlari tomonidan jami 918 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi 641 ta ish ko‘rilgan.

Sud qarorlariga asosan, 421 nafar shaxsga nisbatan jami 246 432 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan hamda 486 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 83 mingdan oshgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Sirdaryoda karantin qoidalarini buzib, uyida maishat uyushtirgan ayol jarimaga tortildi

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida hozirga qadar joriy etilgan barcha karantin cheklovlari 2020-yilning 10-mayiga qadar uzaytirildi va mazkur davrda amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют