» » Toshkentda koronavirusga chalingan yana 23 nafar bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 261 kishiga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan yana 23 nafar bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 261 kishiga yetdi


Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirusga chalingan navbatdagi 2 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular 20-aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayganlardan biri 19 yoshli qiz Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ikkinchi bemor esa Rossiyadan charter reys orqali Toshkentga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, mazkur bemor Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. So‘nggi tekshiruvlar ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Mazkur klinikada shu paytga qadar 29 kishi koronavirusdan tuzalishga muvaffaq bo‘ldi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 21 nafar bemor butkul sog‘aydi va 20-aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Tuzalganlarning 13 nafari charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelgan bo‘lib, “Botanika” sanatoriysi hamda O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanishni boshlagan. Qolgan 8 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir. Ulardan 13 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridan esa 1 nafardan bemor tuzalganlar qatoridan o‘rin oldi. Ular orasida eng kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 5 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shu paytga qadar koronavirusdan tuzalganlar soni 32 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 20-aprel kuni mamlakat bo‘yicha 36 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygani haqida xabar berdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlarning umumiy soni 261 kishiga yetdi.

Avvalroq Andijonda 2 kishi, Buxoroda 11 kishi kasallikdan sog‘aygani va mamlakatda tuzalganlarning umumiy soni 238 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda 20-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1582 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, Bundan tashqari, xorijda 73 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi, Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют