» » “VAZ-2101” — 50 yoshga to‘ldi. Afsonaviy “Jiguli” tarixi suratlarda

“VAZ-2101” — 50 yoshga to‘ldi. Afsonaviy “Jiguli” tarixi suratlarda


Bundan 50 yil oldin, 1970-yili 19-aprelga o‘tar kechasi Tolyatti avtomobil zavodida Sobiq Ittifoq davrining eng mashhur avtomobillaridan birini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. “Kopeyka”ning birinchi avlodlari 1970-yildan 1988-yilga qadar ishlab chiqarilgan: bu davr oralig‘ida modelning 4,8 million ortiq nusxasi sotilgan. “VAZ-2101” o‘z tarixi davomida o‘n martadan ortiq modifikatsiyaga uchragan bo‘lib, versiyalari orasida maxsus xizmat, poyga modellar, shuningdek, eksport nusxalari o‘rin olgan. Motor ushbu modelning yubileyi munosabati bilan “VAZ-2101”ga oid ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi.

1966-yilning 16-avgust kuni Moskvada ilmiy-texnik hamkorlik doirasida yengil avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha Italiyaning Fiat kompaniyasi hamda Sovet Tashqi savdo vazirligi o‘rtasida bitim imzolangan.

Mazkur bitim doirasida SSSR hududidagi avtomobil zavodlarida ishlab chiqariladigan modellar ham kelishib olingan. Unga ko‘ra, sedan (“VAZ-2101”) va universal (“VAZ-2101”) kuzovli “norma” modellari, shuningdek, “lyuks sinfiga oid mashina” — “VAZ-2103” ishlab chiqariladigan bo‘lgan.

“VAZ-2101”ning dastlabki partiyasidagi to‘rtta qizil va ikkita ko‘k avtomobillar 1970-yilning 22-aprel kuni konveyrdan chiqqan. Aynan ushbu kunda V.I.Leninning yuz yillik yubileyi nishonlangan. Model Fiat-124 asosida yaratilgan bo‘lib, avvaliga to‘liq Italiyadan keltirilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilgan.

Shunga qaramay, “VAZ-2101” texnik jihatdan xorij avtomobilining nusxasi bo‘lmagan. Bazaviy modelga jami 800 dan ortiq o‘zgartirish kiritilgan. Sovet muhandislari tomonidan sinovdan o‘tkazilgan Fiat, ittifoq yo‘llariga bardosh bera olmasligini ko‘rsatgan.

Xususan, mashina SSSRning iqlimi va yo‘llariga moslangan bo‘lib, yangi dvigateli bilan farq qilgan. Bundan tashqari, mufta qismi kuchaytirilgan, orqa disk tormozlari “barabanlar”ga almashtirilgan.

“Jiguli” nomi 1968-yili “Rulda” jurnali tomonidan e’lon qilingan tanlov natijasida paydo bo‘lgan. Nashriyotga jami 55 mingga yaqin avtomobil nomlari yuborilgan bo‘lib, ekspertlar komissiyasi ular orasidan 1812 tasini tanlab olgan. “VAZ-2101” nomi “Binafsha”, “Qirg‘iy” yoki “Orzu” deb ham atalishi mumkin edi.

Oxir-oqibatda Tolyatti yaqinidagi tog‘ tizmasi sharafiga qo‘yilgan “Jiguli” nomi g‘olib chiqqan. “Kopeyka” nomini esa avtomobil 1990-yillar oxirida, model nomerining oxiridagi bir raqami sabab olgan.

1971-yildan boshlab konveyrdan “VAZ-2102” chiqa boshlagan. Dizayni jihatidan Fiat kabi bo‘lsa-da, model asosini modenizatsiyalashgan “kopeyka” tashkil etgan.

“Lyuks” “VAZ-2103” 77 ot kuchiga ega 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, mashina 100 km/soat tezlikka 15 soniyada chiqa olgan.

1973-yil 18-oktabrda SSSR Davlat standarti qo‘mitasi “VAZ-2101”ga Davlat sifat belgisini topshirgan. “Jiguli” ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan ilk sovet avtomobili hisoblanadi.

Koronavirus pandemiyasi sabab “AvtoVAZ” “VAZ-2101”ning yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlarni bekor qildi. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Kopeyka” muzeyi ochilishiga tashrifi ham qoldirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют