» » Farg‘onada koronavirusga chalinganlar 97 nafarga yetdi. Bemorlar orasida hamshiralar ham bor

Farg‘onada koronavirusga chalinganlar 97 nafarga yetdi. Bemorlar orasida hamshiralar ham bor


Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 97 kishiga yetdi. Infeksiyani yuqtirib olganlar orasida ikki nafar hamshira ham bor, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

2020-yil 19-aprel holatiga ko‘ra, viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 11 kishiga oshgan.

Koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlarning 79 tasi Turkiyadan charter reys bilan Farg‘onaga kelgan va Oltiariq tumanidagi “Qiziltepa” sihatgohida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarovning ma’lum qilishicha, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida ikki nafar hamshira ham koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan.

“Hozirda viloyatimizda koronavirusga chalinganlar orasida o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q, ularning umumiy ahvoli yaxshi. Barcha bemorlarda xalqaro standartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Infeksiyaga chalingan ikki nafar o‘rta tibbiyot xodimi ham tuzalish arafasida”, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov.

Farg‘onada shu kungacha koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning olti nafari butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

O‘zbekistonda 20-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1582 nafarni tashkil etmoqda. 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют