» » G‘anisher Rahimov yangi tashkil qilingan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi

G‘anisher Rahimov yangi tashkil qilingan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga rektor etib tayinlandi


Hukumat qarori bilan G‘anisher Rahimov Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Rahimov bunga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Prezidentning 2020-yil 17-apreldagi PQ-4681-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi. Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021-yilgi o‘quv yilidan boshlanadi. Qarorga ko‘ra, institut professor o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorida hisoblanadi. Prezidentning  mazkur qarori bilan Samarqand davlat universiteti zimmasiga institutni otaliqqa olish vazifasi yuklatilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют