» » MIB: Karantinga olinganlarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lash vaqti karantin tugagunga qadar uzaytirilgan

MIB: Karantinga olinganlarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lash vaqti karantin tugagunga qadar uzaytirilgan


AOKAda 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Majburiy ijro byurosi bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov karantin vaqtida ijro harakatlari davom ettirilayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish bilan bog‘liq ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Shu jumladan, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan ham qonunchilikda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, majburiy ijro harakatlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’gi farmonining 15-bandiga ko‘ra, faqatgina karantinga olingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilgan.

Farrux Toshpo‘latov, MIB jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i

 Avvalroq O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaganlar soni 83 mingdan oshgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi, Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют