» » O‘zbekistonda Ramazon oyi 24-apreldan boshlanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Ramazon oyi 24-apreldan boshlanishi ma’lum qilindi


Shavkat Mirziyoyev “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq, muborak Ramazon oyining karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida o‘tkazilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2020-yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 24-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

Avvalroq O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov “O‘zbekiston 24” telekanali efirida Ulamolar kengashining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotini o‘qib eshittirgandi. Unda taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingan.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov “Iftorlikni, albatta, dasturxon yozib, to‘p-to‘p odam aytish, deb tushunmaslik kerak”, deb aytgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют