» » Fransiyalik siyosatchi: Koronavirus inqirozidan keyin Mbappening narxi 35 mln yevroga aylanib qoladi

Fransiyalik siyosatchi: Koronavirus inqirozidan keyin Mbappening narxi 35 mln yevroga aylanib qoladi


Fransiyalik siyosatchi Daniel Kon-Bendit koronavirus tufayli yuzaga keladigan iqtisodiy inqiroz futbol olamiga qanday ta’sir qilishini taxmin qildi.

“Koronavirus inqirozidan keyin Mbappe 200 million evro emas, 35—40 million bo‘ladi. Bu inqiroz professional sportdagi chegarasizlikni yo‘qotadi. Bu yadroviy hujumdek ta’sir qiladi, barchasini tiklashga to‘g‘ri keladi, boshqa sohalarda ham.

Bu nafaqat futbolchining narxiga, balki, maosh, imij huquqi va reklama shartnomalariga ham ta’sir qiladi. Futbolchilar kam maosh olgani sabab yomonroq o‘ynaydi deb hisoblamayman.

Agar PSJ ushbu inqirozdan avval Kilianni astronomik narx evaziga “Real”ga sotishni kelishib qo‘yganida qanday moliyaviy falokat yuz berishini bir faraz qilib ko‘ring”, — deydi Kon-Bendit.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют