» » MIB karantin vaqtida ham aliment pullari o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda to‘lanishi nazoratda ekanligini ma’lum qildi

MIB karantin vaqtida ham aliment pullari o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda to‘lanishi nazoratda ekanligini ma’lum qildi


Karantin vaqtida ham aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi davom ettirilmoqda. Bu haqda, 20-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Byuro vakilining ta’kidlashicha, qonun hujjatlariga muvofiq, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, ya’ni ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shartligi belgilangan.

Mavzuga doir: Toshkentda fuqaro karantin sharoitida 110 mln so‘mdan ortiq aliment pulini to‘lab berdi

“ ‘Bola huquq va manfaatlarini ta’minlash’ ustuvor ekanligidan kelib chiqqan holda, bugungi kunda byuro organlari tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi davom ettirilayotganligi hamda qarzdorlar tomonidan aliment pullarining o‘z vaqtida va belgilangan miqdorda to‘lab borilayotganligi masalasi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda”, — dedi Farrux Toshpo‘latov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют