» » Korrupsiya sabab futboldan chetlatilgan FIFA prezidenti Yozef Blatter Yevropaning barcha davrlar ramziy terma jamoasini tuzdi

Korrupsiya sabab futboldan chetlatilgan FIFA prezidenti Yozef Blatter Yevropaning barcha davrlar ramziy terma jamoasini tuzdi


FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Yevropada birinchi milliy chempionat o‘tkazilganligining 60 yilligi munosabati bilan mintaqaning barcha davrlaridagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Undan ayni damda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilardan “Barselona” himoyachisi Xerard Pike va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘rin oldi.

Blatter talqiniga ko‘ra, Yevropaning barcha davrlardagi ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Lev Yashin (Rossiya).

Himoyachilar: Paolo Maldini (Italiya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Xerard Pike (Ispaniya).

Yarim himoyachilar: Yohan Kroyff (Niderlandiya), Bobbi Mur (Angliya), Zinedin Zidan (Fransiya), Ferens Pushkash (Vengriya).

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Uve Zeyeler (Germaniya), Marko van Basten (Niderlandiya).

Murabbiy: Visente Del Boske (Ispaniya).

Mavzuga doir: Zidan, Anri, Mbappe. Fransiya terma jamoasining barcha davrlardagi ramziy terma jamoasi tuzildi

Eslatib o‘tamiz, shveysariyalik funksioner 2015-yilda korrupsiyada ayblanib FIFA prezidentligidan olingan va sakkiz yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgandi. 2016-yilda FIFA apellyatsiya qo‘mitasi ushbu muddatni olti yilga qisqartirgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют