» » Bir karantin xonasida yashaydigan 3-4 kishi orasida virus aniqlansa, boshqalar uchun ham karantin muddati uzaytirilishi ma’lum qilindi

Bir karantin xonasida yashaydigan 3-4 kishi orasida virus aniqlansa, boshqalar uchun ham karantin muddati uzaytirilishi ma’lum qilindi


Bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qilgan.

Jumladan brifingda, “27-martdan beri karantinda edik, 6-apreldan boshqa karantin hududiga o‘tkazilib, yangidan muddat belgilashdi. 12-aprelda bizning joyda bir kishida virus aniqlandi, endi nima bo‘ladi?”, — degan savolga izoh berilgan.

Avvalroq karantinda aloqador shaxslar dam olish uylari hamda sanatoriylarda saqlangani, endilikda ular konteyner shaklida qurilgan maxsus shaharchalarga ko‘chirilayotgani aytildi. Dush, televizor, konditsioner, alohida hovlichalarga ega bunday hududlarda 3-4 kishi bir joyda yashayotgani bildirildi.

Mavzuga doir: O‘rta Chirchiqda 5 kunda quriladigan 10 ming o‘rinli kasalxona uchun “konteyner-palata”larning birinchi partiyasi tayyor bo‘ldi (video)

“Karantin qoidalariga ko‘ra, ana shu aloqada bo‘lganlar orasida (3-4 kishi orasida) infeksiya yuqtirgan bemor aniqlansa, qolganlar uchun ham karantin muddati uzaytiriladi”, — deya javob berdi shtab a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mart oyida COVID-19 koronavirusiga qarshi kurash doirasida bir oyda Toshkent shahrida uchta kasalxona qurilib, foydalanishga topshirilishi aytilgani, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda karantinga moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi, O‘zbekistonga hozirgacha 245 mingta koronavirusni aniqlovchi test olib kelingani, Yuqori Chirchiqdagi karantin poligonida 18 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangani haqida ham xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют