» » La Ligada mavsumning eng yaxshi dribling ustalari aniqlandi. Messi kuchli uchlikka kira olmadi

La Ligada mavsumning eng yaxshi dribling ustalari aniqlandi. Messi kuchli uchlikka kira olmadi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati joriy mavsumining eng yaxshi driblingchilari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deya xabar qilmoqda Opta.

Raqibni muvaffaqiyatli aldab o‘tish borasida 81,8% ko‘rsatkich bilan “Atletiko” yarim himoyachisi Tomas Parti yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni “Vilyarreal” havbeki Andre Zambo-Angissa (81,1%) egallagan bo‘lsa, “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong (74,5%) kuchli uchlikka yakun yasagan.

“Barselona” sardori esa 67,3% natija bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.

Joriy mavsum Messi La Ligada 22 o‘yin o‘tkazib, 19 gol va 12 ta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Primerasi koronavirus sabab 27-turga kelib to‘xtab qolgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют