» » Lamborghini traktori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Lamborghini traktori kimoshdi savdosiga qo‘yildi


Ko‘pchilik Lamborghini kompaniyasi o‘z yo‘lini qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishdan boshlaganini bilmasa kerak. Bugunga qadar Lamborghini’ning ba’zi traktorlari saqlab qolingan bo‘lib, 1965-yilda ishlab chiqarilgan modellardan biri Hemmings auksionida kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deb xabar beradi Autorambler.

Ayni vaqtda ushbu traktor qariyb 5 ming dollarga baholanmoqda.

Traktor zanjirli uzatma yordamida ishlaydi va 26 ot kuchiga ega ikki silindrli noodatiy Lamborghini matori yordamida harakatga keladi. Dvigatelga mexanik uzatmalar qutisi “hamrohlik” qiladi. 55 yil davomida mashina 3,4 ming kilometr masofa bosgan.

Lamborghini hozirga qadar traktor ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi — uning Societ? Accomandita Motori Endotermici yoki SAME deb ataluvchi kompaniyasi mavjud.

Kompaniya asoschisi Ferruchcho Lamborginida superkarlar ishlab chiqarish fikrini Enso Ferrari tug‘dirgan. Lamborgini Ferrari avtomobillarining ashaddiy muxlisi bo‘lgan va superkarlarni jihozlash bo‘yicha Ferrariga bir necha maslahatlar berishga qaror qilgan. Biroq Ferrari rahbari keskin javob qaytargan: u traktor ishlab chiqaruvchining gapiga quloq tutmasligini va Lamborginiga o‘zining superkarini yaratishni maslahat bergan.

Mavzuga doir: Lamborghini yangi giperkarining videosini taqdim etdi

Qattiq maslahat o‘z mevasini bergan va Lamborghini’ning ilk superkari 1963-yilning oktabrida Turin avtosalonida namoyish etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют