» » Karantin paytida Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatini qanday davom ettirmoqda?

Karantin paytida Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatini qanday davom ettirmoqda?


Koronavirus pandemiyasi sharoitida Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar va ularning ijrosi alohida qat’iy nazoratga olingan. Xususan, Buxoro viloyat, tuman va shahar xalq qabulxonalariga murojaatlarni qabul qilish uchun “onlayn konferensiyalar” va “ishonch telefonlari” tashkil qilingan. Har bir xalq qabulxonasining oldida murojaatlar uchun maxsus qutilar o‘rnatilgan. Bu haqda “Daryo”ga xalq qabulxonasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16-martidan 20-aprel kuniga qadar viloyatning xalq qabulxonalariga kelib tushgan 600 ga yaqin murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularning 382 tasi (64%) zudlik bilan qanoatlantirilgan. Murojaatlarning 215 tasi o‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab qilganligi sababli muddat belgilangan.

Jumladan, karantin davrida viloyat xalq qabulxonasiga eng ko‘p: moddiy yordam va zarur oziq-ovqat ta’minoti — 102 ta, davlat tashkilotlari xodimlarining xatti- harakati yuzasidan shikoyat — 66 ta, karantin bilan bog‘liq muammolar — 62 ta, ish bilan ta’minlash — 35 ta, tadbirkorlik faoliyatiga oid — 22 ta, elektr energiya va tabiiy gaz ta’minoti yuzasidan 17 ta murojaatlar kelib tushgan.

Mavzuga doir:  Farg‘ona viloyat Xalq qabulxonalarida murojaatlar onlayn tarzda qabul qilinmoqda

O‘tgan davr mobaynida moddiy yordamga muhtoj 1200 nafar fuqaroning 700 tasiga 100 million so‘mga yaqin zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shu bilan birga, Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda og‘ir ahvolga tushib qolgan, karantin tufayli daromad manbasidan ayrilgan 500 dan ziyod fuqaroni jamoatchilik asosida maosh to‘lanadigan ishga joylashtirish choralari ko‘rilgan.

Fuqarolardan kelib tushayotgan talab va takliflar asosida sayyor arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari savdosi viloyatning Olot, Qo‘rako‘l, Romitan, Peshku kabi tumanlaridagi 100 ga yaqin eng chekka aholi punktlarida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, o‘zingiz va oila a’zolaringizning xavfsizligini ta’minlash uchun uydan chiqmagan holda Prezident xalq qabulxonalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Buxoro viloyati Prezident Xalq qabulxonalarida tashkil qilingan “Ishonch telefonlari”:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют