» » Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni itga qiyosladi

Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni itga qiyosladi


Amerikalik yakkakurashchi Toni Fergyuson yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov borasida keskin fikrlar bildirdi.

“Fikrimcha, uning ketish vaqti keldi va u bu ishni bajardi. Gap UFC’da emas, Habib buni o‘zi anglab turibdi. U qaltiroq oyoqlari orasiga dumini qisgan itdek qochib qoldi.

Jahonda ko‘p voqealar bo‘lmoqda, umid qilamanki, hozir Habib o‘z oilasi bilan va xavfsizlikda. Ularda hammasi joyida deb umid qilaman. Gap uning oilasi haqida borganda, men hech qachon kimnidir haqorat qilishga urinmayman. Unda shug‘ullanish uchun sharoit borligiga ishongim keladi”, — deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi jang 18-aprel kuni Nyu-Yorkdagi UFC 249 kechasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Mart oyida Habib va uning jamoasi AQShdagi mashg‘ulot bazasini tark etib Rossiyaga keldi hamda aprelning boshlarida karantin sabab mamlakatni tark etolmasligini ma’lum qildi. Shu tariqa mazkur jangchilar ishtirokidagi to‘qnashuv beshinchi marta bekor bo‘ldi.

UFC esa musobaqani bekor qilmadi va Nurmagomedov o‘rniga Jastin Getji ishtirok etishini ma’lum qildi. Biroq keyinchalik UFC 249 musobaqasi koronavirus sabab qoldirildi.

Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov UFC’ga qaytishi haqida: Bu mening UFC tarixida katta ustunlikka erishgan 4 yilim sifatida esda qoladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют