» » Qashqadaryo IIB boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga qarshi chiqqan YPX inspektorlari harakatiga izoh bermadi

Qashqadaryo IIB boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga qarshi chiqqan YPX inspektorlari harakatiga izoh bermadi


Qashqadaryo Ichki ishlar boshqarmasi YPX inspektorlari o‘zboshimchaligiga javob bermadi. Oqibatda boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga zid ravishda jarima maydoniga qamalgan mashinalar hamon o‘sha yerda qolmoqda.

Ushbu holatni izohlagan viloyat IIB aborot xizmati rahbari Iroda Rasulova “javob beramiz”dan nariga o‘tmadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 14—15-aprel kunlari Qarshi shahrida YPX inspektorlari Qarshi tumanida klasterlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonaga tegishli barcha avtomobillarni yoppasiga jarima maydoniga olib ketgandi. Buning sababini so‘ragan haydovchilarga esa “ Sulton tex group bugundan to‘xtatiladi, buyruq ham chiqib qoladi”, — degandi.

“Ko‘chaga ish bilan chiqqan avtomobillarimizni yoppasiga jarima maydoniga olib ketishgani uchun qishloq xo‘jaligi yumushlarini bajarolmayapmiz. Shu kungacha 3 ta mashinamizni sababsiz jarima maydoniga qamab qo‘yishdi”, — deydi klaster rahbari Nurbek Ergashev.

Ta’kidlash lozim, mazkur klaster taqdiri noaniq bo‘lsa-da, klaster tumanda o‘ziga tegishli 1,5 ming gektar maydonda ekin-tekin ishlarini bajarishi lozim. Ekin ekish ishlari kechiksa, nafaqat fermer, viloyat qishloq xo‘jaligi ham zarar ko‘rishi kundek ravshan.

Qayd etish lozim, viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyev 2020-yilning 11-aprel kuni Sulton tex group xususiy korxonasining barcha yengil va yuk avtomobillariga qishloq xo‘jaligi ishlari va eksport bilan shug‘ullanayotgani uchun Qarshi shahriga kirish-chiqishga ruxsat bergandi.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют