Shavkat Mirziyoyev koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan toshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev 20-aprel, dushanba kuni, sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi, deya xabar bergan Prezident matbuot xizmati.
Ushbu yig‘ilishda epidemiologik vaziyat yaxshilangan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yupatish masalalari haqida ham so‘z yuritildi.
Prezident Respublika komissiyasiga koronavirus umuman aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan viloyat, tuman va shaharlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.
Faoliyati tiklanadigan obyektlarda ishlar sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etiladi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi
Manba: Daryo.uz