» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1627 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1627 nafarga yetdi


Muhim: Shavkat Mirziyoyev koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan toshiriq berdi

O‘zbekistonda 20-aprel soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1627 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 20-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1604 taga yetgani ma’lum qilingan edi.

Shunday qilib, 20-aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq  62 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13-aprel kuni 133 ta, 14-aprel kuni 167 ta, 15-aprel kuni 137 ta, 16-aprel kuni 47 ta, 17-aprel kuni 56 ta, 18-aprel 85 ta, 19-aprel esa 75 ta yangi holat tasdiqlangan.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin tartibi 10-mayga qadar uzaytirildi. Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют